NUR

2 Solnomalar 35

1Shoh Yo‘shiyo Quddusda Egamizning sharafiga Fisih ziyofatini nishonladi. Birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni Fisih qo‘zilari qurbonlik qilindi.

2Yo‘shiyo ruhoniylarni xizmatga tayinlab, Egamizning uyidagi xizmatga ularni rag‘batlantirdi.

3So‘ng Egamizga bag‘ishlangan va xalqqa ta’lim bergan levilarga dedi: “ Muqaddas sandiqni Isroil shohi Dovud o‘g‘li Sulaymon qurgan Egamizning uyiga olib kiringlar. Sandiqni bundan buyon yelkangizda ko‘tarib yurishingizning ehtiyoji yo‘q. Endi Egangiz Xudoga va Uning xalqi Isroilga xizmat qilinglar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →