NUR
2 Solnomalar 34
1Yo‘shiyo sakkiz yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘ttiz bir yil hukmdorlik qildi.
2U Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi. O‘ngga ham, chapga ham og‘masdan, bobosi Dovudning yo‘lidan yurdi.
3Hukmronligining sakkizinchi yilida, yoshligidan bobosi Dovudning Xudosiga intila boshladi. Hukmronligining o‘n ikkinchi yilida esa Yahudo va Quddusni sajdagohlardan, Asheraning ustunlaridan, o‘yma va quyma butlardan tozalay boshladi.