NUR
2 Solnomalar 22
1Arablar qilgan bosqinchilik safari davomida Yohuramning kenja o‘g‘li Oxaziyodan boshqa hamma katta o‘g‘illarini qatl qilgan edilar. Shuning uchun Quddus aholisi Oxaziyoni o‘zlariga shoh qilishdi.
2Oxaziyo taxtga o‘tirganda, yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda bir yil shohlik qildi. Onasining ismi Otaliyo bo‘lib, Isroil shohi Omrining nevarasi edi
3Oxaziyo ham Axab xonadoni yo‘lidan yurdi, chunki onasi unga qabih ishlar qilishni maslahat berardi.