NUR
2 Solnomalar 20
1Oradan bir oz vaqt o‘tgach, Mo‘abliklar bilan Ommonliklar hamda Mavun xalqining bir qismi Yohushafatga qarshi urushgani otlandilar.
2Xabarchilar kelib, Yohushafatga: “Son–sanoqsiz lashkar Edomdan, O‘lik dengizning narigi qirg‘og‘idan sizga qarshi kelmoqda. Ular Xazazon–Tamarni qo‘lga kiritib bo‘lishgan”, deb aytdilar. (Xazazon–Tamarning boshqa nomi Engedi edi.)
3Yohushafat qo‘rqib ketdi. U Egamizning xohish–irodasini bilmoqchi bo‘lib, butun Yahudo bo‘ylab ro‘za e’lon qildi.