NUR

2 Solnomalar 18

1Yohushafat nihoyatda boy bo‘lib, obro‘si oshib ketdi. U o‘g‘liga Isroil shohi Axabning qizini olib berib, Axab bilan aloqasini mustahkamladi.

2Oradan bir necha yil o‘tgach, Yohushafat Axabni ko‘rgani Samariya shahriga bordi. Axab Yohushafat va uning hamrohlari sharafiga ko‘plab mol–qo‘y so‘ydi. U Yohushafatni Giladdagi Ramo‘t shahriga hujum qilishga ko‘ndirmoqchi bo‘lib,

3— Giladdagi Ramo‘t uchun jang qilmoqqa men bilan borasanmi? — deb so‘radi. — Meni go‘yo o‘zing deb bil, xalqimni o‘zingning xalqing deb bil. Biz sen bilan birga urushga boramiz, — dedi Yahudo shohi Yohushafat unga.

Nur ilovasida to'liq o'qish →