NUR
2 Solnomalar 12
1Raxabom o‘z hukmronligini mustahkamlab, kuchayib ketgach, u bilan birga butun Isroil xalqi Egamizning qonunlaridan yuz o‘girdi.
2Ular Egamizga qilgan bevafoligi uchun, Raxabom shohligining beshinchi yilida Misr shohi Shishax Quddusga bostirib keldi.
3Shishax o‘zi bilan 1200 jang aravani, 60.000 otliq lashkarni, shuningdek, Misrdan Liviyalik, Suxo‘tlik va Habashistonlik son–sanoqsiz qo‘shinni tortib keldi.