NUR
2 Solnomalar 1
1Dovud o‘g‘li Sulaymon o‘z hokimiyatini mustahkamlab oldi. Egasi Xudo u bilan birga bo‘lib, uni nihoyatda yuksaltirdi.
2Sulaymon jamiki Isroil xalqini — mingboshilarni, yuzboshilarni, hakamlarni, Isroilning hamma yo‘lboshchilarini va urug‘boshilarini chaqirtirdi.
3Sulaymon bilan butun jamoa Givondagi sajdagohga yo‘l olishdi. Egamizning quli Muso sahroda qurdirgan Xudoning Uchrashuv chodiri o‘sha davrda Givonda joylashgan edi.