NUR
1 Salonikaliklarga 3
1Oxiri chiday olmadik. Ukamiz Timo‘tiyni oldingizga yuborishga qaror qildik. Biz Afina shahrida yolg‘iz qoldik. Masih haqidagi Xushxabarni targ‘ib etishdagi Xudoning xizmatida Timo‘tiy bizning hamkorimizdir. Azob–uqubatlar tufayli yo‘ldan toymasligingiz uchun Timo‘tiy sizlarni imonda mustahkamlab, dalda bersin, dedik. Qiyinchiliklarga uchrashimiz peshonamizga yozilganini o‘zingiz bilasiz–ku!
2Axir, azob–uqubatlarga uchraymiz, deb oldingizda bo‘lganimizda sizlarni ogohlantirgandik. Mana, biz aytganimizdek bo‘ldi.
3Shuning uchun ortiqcha chiday olmay, imoningiz haqida bilib kelsin, deb Timo‘tiyni yubordim. Shayton sizlarni vasvasaga solib, ishimizni bekor qilmagandir, deb umid qilgan edim.