NUR
1 Salonikaliklarga 1
1Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Sila va Timo‘tiydan salom! Xudoning inoyati va tinchligi sizlarga yor bo‘lsin.
2Biz doim sizlar uchun ibodat qilib, hammangiz uchun Xudoga shukrlar aytamiz.
3Imon va sevgi bilan qilgan ishlaringizni, Rabbimiz Iso Masihga bog‘lagan mustahkam umidingizni doimo Otamiz Xudo huzurida yodga olamiz.