NUR
1 Shohlar 5
1Filistlar Xudoning sandig‘ini qo‘lga kiritganlaridan keyin, uni Evanzordan Ashdod shahriga olib ketishdi.
2Uni Filistlarning xudosi Do‘g‘on uyiga olib borib, Do‘g‘on haykali yoniga joylashtirishdi.
3Ashdodliklar ertasiga saharda turib qarashsa, Do‘g‘on Egamizning sandig‘i oldida yuzi bilan yerga ag‘darilib yotgan ekan. Shunda Do‘g‘onni ko‘tarib, joyiga turg‘izib qo‘yishdi.