NUR

1 Shohlar 31

1Filistlar esa shu paytda Isroil lashkari bilan jang qilishayotgan edi. Isroil lashkari Filistlarning oldiga tushib qochib, ko‘plari Gilbova tog‘ida halok bo‘ldi.

2Endi Filistlar Shoul bilan uning o‘g‘illari ortidan tushdilar. Natijada Shoulning o‘g‘illari Yo‘natan, Abunadov va Malkishuva o‘ldirildi.

3Shoulning atrofida jang tobora avjiga chiqdi. Shu payt Filist kamonchilari Shoulga qarata o‘q otdilar. Shoul og‘ir yaralandi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →