NUR

1 Shohlar 3

1O‘spirin Shomuil Elaxning qo‘li ostida Egamizga xizmat qilib yurardi. O‘sha paytlari Egamizning kalomi kam kelar, vahiy ham ahyon–ahyonda bo‘lardi.

2Bir kuni kech kirgan, ko‘zlari xiralashib, ko‘rmaydigan bo‘lib qolgan Elax yotog‘ida yotardi.

3Shomuil esa Egamizning Ma’badida yotgan edi, Xudoning sandig‘i ham o‘sha yerda edi. Xudoning chirog‘i hali ham yonib turardi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →