NUR
1 Shohlar 29
1Filistlar hamma sipohlarini Ofoqqa yig‘di. Isroil lashkari esa Yizrildagi buloq yonida qarorgoh qurib, joylashib olgan edilar.
2Filist beklari yuz ming kishidan iborat to‘dalari bilan borishardi. Dovud va uning odamlari esa shoh Oxish bilan birga orqada kelayotgan edilar.
3Filist lashkarboshilari: — Anavi ibroniylar bu yerda nima qilib yuribdi? — deb so‘ragan edilar, Oxish shunday javob berdi: — Bu odam Isroil shohi Shoulning xizmatkori Dovud bo‘ladi. Necha oyu yillardan beri yonimda yuribdi. Men tomonga o‘tgandan buyon undan biror yomonlik ko‘rmadim.