NUR
1 Shohlar 17
1Filistlar, jang qilamiz, deb lashkarini to‘plab, Yahudo hududidagi So‘xo‘ shahrida yig‘ilishdi. So‘xo‘ va Ozikah shaharlari orasidagi Efes–Dammim degan joyda qarorgoh qurishdi.
2Shoul ham Isroil lashkarini to‘pladi. Elox vodiysida qarorgoh qurib, Filistlarga qarshi jangga tayyorlandi.
3Bir tepalikni Filistlar, boshqa tepalikni Isroil lashkari egalladi. Ikkala tomonning o‘rtasi vodiy edi.