NUR
1 Shohlar 13
1Shoh Shoul o‘ttiz yoshida taxtga o‘tirib, Isroilda qirq ikki yil shohlik qildi.
2U Isroil lashkaridan uch mingta odam saralab olib, qolganlarini uylariga jo‘natib yubordi. O‘sha uch mingtadan ikki mingtasini Mixmash va Baytil qirlariga joylashtirdi, mingtasini esa Benyamin urug‘iga qarashli Givo shahriga — Yo‘natanning ixtiyoriga yubordi.
3Oradan ko‘p o‘tmay, Yo‘natan Filistlarning G‘ibo shahridagi qo‘nolg‘asini mag‘lub qildi. Bu xabar Filistlar orasida tezda tarqaldi. Shoul: “ Ibroniylar bu hodisadan xabardor bo‘lsin”, deb butun o‘lka bo‘ylab burg‘u chaldirdi.