NUR

1 Shohlar 10

1So‘ngra Shomuil moy idishini olib, Shoulning boshiga moy surtdi. Keyin uni o‘pib, shunday dedi: — Mana, Egamiz senga moy surtib, O‘z xalqiga hukmdor etib tanladi.

2Bugun mening oldimdan ketganingdan keyin Benyamin hududida, Zilzaxdagi Rohilaning maqbarasi yonida ikki kishiga duch kelasan. Ular senga: “Izlab ketgan eshaklaring topildi, otang endi eshaklarni o‘ylamay, balki, o‘g‘limga nima bo‘ldi ekan, deb sendan xavotirlanib o‘tiribdi”, deb aytishadi.

3U yerdan yana yo‘lingda davom etib, Tovurdagi muqaddas daraxt oldidan chiqasan. U yerda uchta odamga duch kelasan. Ularning biri uchta uloqcha, biri uchta gardish non, yana boshqasi bir mesh sharob bilan Xudoning huzuriga — Baytilga yo‘l olgan bo‘ladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →