NUR
1 Shohlar 1
1Efrayim qirlarida joylashgan Rama shahrida bir odam yashardi. Uning ismi Elqana bo‘lib, Efrayim qabilasining Zuf urug‘idan bo‘lgan Yeroxam deganning o‘g‘li edi. Yeroxam — Elixuning o‘g‘li, Elixu — To‘xuning o‘g‘li, To‘xu — Efrayim qabilasiga mansub bo‘lgan Zufning o‘g‘li edi.
2Elqananing Xanna va Paninna ismli ikki xotini bo‘lib, Paninnaning bolalari bor edi–yu, Xanna befarzand edi.
3Elqana har yili Sarvari Olamga sajda qilib, qurbonlik keltirmoq uchun o‘z shahridan Shilo‘ga borardi. Shilo‘da Elax degan odamning Xo‘fnax va Finxaz degan ikki o‘g‘li bo‘lib, ular Egamizning ruhoniylari edilar.