NUR
1 Butrus 4
1Masih bu dunyoda azob chekkani kabi, sizlar ham azob chekishga tayyor turinglar. Zotan, azob chekishga rozi bo‘lgan kishi gunohdan yuz o‘girgan bo‘ladi.
2Bunday odam qolgan umrini nafsini qondirishga emas, Xudoning irodasini bajarishga bag‘ishlaydi.
3Sizlar o‘tmishda xudosizlarday yashaganingiz yetar. O‘sha vaqtlarda axloqsizlik, shahvatparastlik, sarxushlik, aysh–ishrat, kayf–safo, butparastlik razolati bilan kun kechirardingizlar.