NUR
1 Butrus 2
1Endi har qanday yomon niyat, hiyla–nayrang, ikkiyuzlamachilik, rashk–hasad va g‘iybatni o‘zingizdan soqit qilinglar.
2Yangi tug‘ilgan chaqaloq sof ona sutini tusaganday, sizlar ham Xudo kalomiga tashna bo‘linglar. Kalom bilan oziqlanib, ulg‘ayib, najotga erishinglar.
3Axir, sizlar Rabbimiz Isoning muruvvatidan bahramand bo‘ldingizlar.