NUR
3 Shohlar 9
1Sulaymon Egamizning uyini ham, o‘zining saroyini ham qurib bo‘ldi. Mo‘ljallangan hamma yumushlarni tamom qildi.
2Shundan keyin Egamiz Sulaymonga, ilgari Givonda zohir bo‘lganiday, yana zohir bo‘ldi.
3Egamiz unga shu so‘zlarini ayon qildi: — Menga qilgan iltijolaringni eshitdim. Sen qurgan va O‘zim ulug‘lanadigan uyni muqaddas qildim. Ko‘zlarim, ko‘nglim doimo o‘sha yerda bo‘ladi.