NUR
3 Shohlar 5
1Tir shohi Xiram: “Sulaymonni otasining o‘rniga moy surtib shoh qilib ko‘tarishibdi”, degan xabarni eshitgach, a’yonlarini uning huzuriga jo‘natdi. Xiram Dovudni doimo o‘ziga do‘st deb bilardi.
2Sulaymon ham Xiram huzuriga a’yonlarini jo‘natib, shu gaplarni aytib yubordi:
3“Siz bilasizki, otam doimo dushmanlariga qarshi jang qilish bilan band bo‘lib, o‘zining Egasi Xudoga atab bir uy bunyod eta olmadi. Nihoyat, Egam otam Dovudning dushmanlarini uning oyoqlari ostiga tashladi.