NUR

3 Shohlar 3

1Sulaymon Misr shohi — Fir’avnning qizlaridan biriga uylanib, Fir’avn bilan aloqasini mustahkamladi, xotinini esa Quddusdagi Dovud qal’asiga olib keldi. U o‘z saroyini, Egamizning uyini va Quddus atrofidagi devorni bitirgunga qadar, xotini o‘sha yerda yashadi.

2Xalq hali ham turli joylardagi sajdagohlarda qurbonlik qilib yurardi, chunki o‘sha kunlargacha Egamizga atab bir uy qurilmagan edi.

3Sulaymon Egamizni sevardi, shuning uchun otasi Dovudning ko‘rsatmalari bo‘yicha yurardi. Lekin u ham sajdagohlarda qurbonlik qilar va tutatqi tutatardi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →