NUR

3 Shohlar 21

1Voqealar ketidan voqealar yuz beraverdi. Yizril shahrida, Samariya shohi Axabning saroyi yonida shu yerlik Navo‘t degan odamning uzumzori bor edi.

2— Uzumzoringni menga ber, men u yerni poliz qilaman, — dedi Axab Navo‘tga. — Uzumzoring mening uyimga yaqin. O‘sha joyning o‘rniga men senga undan ham yaxshiroq uzumzor beraman. Istasang, bahosini ayt, kumush berayin.

3— Otalarimdan qolgan merosni sizga beramanmi?! Xudo saqlasin, — javob qaytardi Navo‘t Axabga.

Nur ilovasida to'liq o'qish →