NUR
3 Shohlar 18
1Oradan ancha kunlar o‘tdi. Nihoyat, qurg‘oqchilikning uchinchi yili Ilyosga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi: — Axabning huzuriga bor. Men yer yuziga yomg‘ir yog‘diraman.
2Ilyos Axabga ko‘ringani ketdi. Bu vaqtda Samariyada dahshatli ocharchilik hukm surardi.
3Axab saroy boshqaruvchisi Obodiyoni chaqirdi. Obodiyo Egamizdan juda qo‘rqardi.