NUR
3 Shohlar 15
1Isroil shohi Yeribom hukmronlik qilayotganiga o‘n sakkiz yil bo‘lganda, Abiyo Yahudoga shoh bo‘ldi.
2U Quddusda uch yil shohlik qildi. Onasining ismi Maxo bo‘lib, u Absalomning qizi edi.
3Abiyo ham otasining ilgari qilgan gunohlarini davom ettirdi. U o‘zining Egasi Xudoga chin dildan bog‘langan bobosi Dovud singari emas edi.