NUR

3 Shohlar 10

1Shava malikasi Sulaymonning dong‘ini, Egamizga atab qilgan ishlarini eshitgach, Sulaymonning huzuriga keldi. U Sulaymonga topishmoqlar aytib sinab ko‘rmoqchi edi.

2Malika Quddusga juda ko‘p miqdorda oltin va qimmatbaho toshlar, xushbo‘y ziravorlar yuklangan katta karvonni boshlab keldi. Malika Sulaymonning huzuriga kirgach, ko‘nglida nima bo‘lsa, hammasini unga aytdi.

3Sulaymon malikaning hamma savollariga javob berdi, malikaning birorta savoliga javob berishda qiynalmadi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →