NUR
1 Yuhanno 1
1Boshidan ayon bo‘lgan Hayot kalomi haqida biz sizlarga xabar bermoqchimiz. Ko‘rib eshitganlarimizni, ha, o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, o‘z qo‘llarimiz bilan paypaslab ko‘rganlarimizni sizlarga ma’lum qilmoqchimiz.
2Otamiz Xudoning huzurida bo‘lgan Hayot bizga oshkor bo‘ldi! Biz bu abadiy Hayotni ko‘rib, endi U haqda sizlarga shohidlik qilyapmiz.
3Ko‘rgan–eshitganlarimizni ma’lum qilish orqali sizlar bilan birodar bo‘lib yashamoqchimiz. Zero, o‘zimiz ham Otamiz Xudo va Uning O‘g‘li Iso Masih bilan yashayapmiz.