NUR
1 Korinfliklarga 5
1Orangizda jinsiy axloqsizlik bor ekanligi haqida gaplar yuribdi. Bunday axloqsizlik hatto butparastlar orasida ham sodir bo‘lmagan ekan. Orangizdagi bir kishi o‘z otasining xotinini xotin qilib yashayotgan ekan.
2Sizlar esa kekkayib yuribsizlar. Aksincha, motam tutib, bunday ish qilgan odamni orangizdan haydab chiqarishingiz kerak–ku!
3To‘g‘ri, hozir jismonan sizlar bilan emasman, ammo ruhan sizlar bilanman. Men go‘yo sizlarning yoningizda bo‘lgandek, bu ishni qilgan odam haqida allaqachon Rabbimiz Iso Masih nomi bilan hukm chiqardim. Sizlar birga yig‘ilganingizda Iso Masihning qudrati va mening ruhim sizlar bilan birga bo‘ladi.