NUR

1 Korinfliklarga 16

1Endi Xudoimizning Quddusdagi azizlariga moddiy mablag‘ to‘plash masalasiga kelsak, sizlar ham Galatiya hududidagi jamoatlarga bergan yo‘l–yo‘riqlarimga amal qilinglar.

2Har haftaning boshida har bir odam qo‘lidan kelganicha bir miqdor pulni olib qo‘ysin, toki oldingizga borganimda pul yig‘ishga hojat bo‘lmasin.

3Borganimdan keyin, ehsonlaringizni imonlilarga topshirsin, deb o‘zingiz munosib ko‘rgan kishilarni Quddusga jo‘nataman. Ularning har birini tanishtirib, maktub yozib beraman.

Nur ilovasida to'liq o'qish →