NUR
1 Korinfliklarga 1
1Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo‘lish uchun da’vat qilingan men — Pavlusdan va birodarimiz Sostendan
2Xudoning Korinf shahridagi jamoatiga salom! Xudo sizlarni O‘zining aziz xalqi bo‘lishga da’vat qilib, Iso Masih orqali O‘zi uchun ajratib olgan. Shunday qilib, har yerda Rabbimiz Iso Masihga sajda qilayotganlarning qatoriga qo‘shildingiz. Iso Masih ularning ham, bizning ham Rabbimizdir.
3Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyatu tinchlik ato qilsin.