NUR
1 Solnomalar 7
1Issaxorning To‘lo, Puvax, Yoshuv va Shimron degan to‘rtta o‘g‘li bor edi.
2To‘loning oltita o‘g‘li bor edi: Uzzi, Rafiyo, Yoriyol, Yaxmay, Yibsam va Shomuil. Ular o‘z xonadonlarining urug‘boshilari edilar. Shoh Dovud davrida To‘loning nasabnomasida 22.600 ta jangchi qayd etilgan edi.
3Uzzining Yizraxiyo degan o‘g‘li bor edi. Yizraxiyoning to‘rtta o‘g‘li bo‘lib, ismlari Mikoyil, Obodiyo, Yo‘el va Ishshiyo edi. Yizraxiyo va uning o‘g‘illari urug‘boshilar edi.