NUR
1 Solnomalar 29
1Shoh Dovud butun jamoaga shunday dedi: “Xudo tanlagan o‘g‘lim Sulaymon hali yosh, tajribasiz, qiladigan ishi esa ulkandir, chunki bu koshona inson uchun emas, balki Egamiz Xudo uchundir.
2Egamiz uyining qurilishi uchun men qo‘limdan kelganicha oltin, kumush, bronza, temir, yog‘och, aqiq toshlar, bezak uchun firuza toshlar, rango–rang toshlar, har xil qimmatbaho toshlar va marmar yig‘dim.
3Endi esa, Xudoyimning uyiga bo‘lgan sadoqatimni ko‘rsatib, bularga qo‘shimcha qilgan holda shaxsiy xazinamdagi oltin va kumushni beraman.