NUR
1 Solnomalar 12
1Birmuncha vaqt oldin Dovud shoh Shouldan qochib, Zixlax shahrida yashab yurgan paytda ba’zi bahodir jangchilar unga qo‘shilgan edilar. Urushlarda Dovud tomonida jang qilgan bu jangchilar
2Benyamin qabilasidan, Shoulning qarindosh–urug‘laridan edilar. Ular mohir kamonchilar bo‘lib, ham o‘ng, ham chap qo‘li bilan o‘q va toshlarni otar edilar.
3Ularning bosh sardori Givolik Shamoning o‘g‘li Oxazar edi. Uning ukasi Yo‘sh sardorning o‘ng qo‘l yordamchisi edi. Quyidagilar esa jangchilar edi: Ozmobitning o‘g‘illari — Yiziyol va Palat, Baraka va Onoto‘tlik Yohu,