NUR
1 Solnomalar 10
1Filistlar Isroil lashkari bilan jang qildi. Isroil lashkari Filistlarning oldiga tushib qochib, ko‘plari Gilbova tog‘ida halok bo‘ldi.
2Filistlar Shoul bilan uning o‘g‘illari ortidan tushdilar. Natijada Shoulning o‘g‘illari Yo‘natan, Abunadov va Malkishuva o‘ldirildi.
3Shoulning atrofida jang tobora avjiga chiqdi. Shu payt Filist kamonchilari Shoulga qarata o‘q otdilar. Shoul yaralandi.